"KAFIL-SUG‘URTA" — XALQARO INNOVATSIYALAR MAYDONIDA!
2026-yil 12-oktabr kuni Tailandning Bangkok shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (UNDP) hamda xalqaro Generali sug‘urta guruhi hamkorligida “Asia Inclusive Insurance Innovation Forum” — Osiyoda inklyuziv sug‘urta innovatsiyalari forumi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli xalqaro forum sug‘urta sohasi yetakchilari, xalqaro tashkilotlar vakillari, investorlar va innovatorlarni bir maydonda birlashtirib, sug‘urta xizmatlarining ommabopligini oshirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi.
🔹 “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Boshqaruv raisi F. A. Artikov ushbu xalqaro forumda kompaniya nomidan ishtirok etib, “KAFIL-SUG‘URTA” AJning innovatsion tashabbuslarini xalqaro hamjamiyatga taqdim etdi.
🔻 Alohida ta’kidlash joizki, “KAFIL-SUG‘URTA” AJ UNDP–Generali Insurance Innovation Challenge xalqaro tanlovi g‘olibi hamda Global Insurance Innovators Community xalqaro hamjamiyati a’zosi hisoblanadi.
📍 Ushbu nufuzli tadbirdagi ishtirok xalqaro tajriba almashish, innovatsion yondashuvlarni ilgari surish va istiqbolli hamkorlik aloqalarini kengaytirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.