Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 28.09.2026

AHOLI IMORATLARINI SUG‘URTALASH — AMALIY ISHLAR VA NATIJALAR

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ tomonidan aholi imoratlarini sug‘urtalash qamrovini kengaytirish, sug‘urta xizmatlarini hududlarda yanada ommalashtirish hamda aholiga yaqin va qulay xizmat ko‘rsatish mexanizmlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

👍 Shu maqsadda 21–24-sentabr kunlari Farg‘ona viloyati So‘x tumanida aholi imoratlarini hamda boshqa sug‘urta turlarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks xizmat safari tashkil etildi.

Mazkur yo‘nalishdagi tashabbuslar Sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish departamenti menejeri Jalolov Ilhomjon Inomovich tomonidan amalga oshirilib, hududda sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish, aholi bilan bevosita ishlash hamda amaliy mexanizmlarni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi.

Dastlab mahalliy hokimlik, MFYlar va Yoshlar agentligi bilan hamkorlikda saralab olingan nomzodlar va sug‘urta agentlari uchun sug‘urta mahsulotlari, sotuv texnikalari hamda aholi bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmalari bo‘yicha maxsus o‘quv-seminar o‘tkazildi.

⚡ Keyingi bosqichda So‘x tumani hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkiliy ishlar yo‘lga qo‘yildi. Tuman rahbariyati va MFY raislari ishtirokida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda aholi imoratlarini sug‘urtalash ishlarini jadallashtirish, mahallalarda amaliy ko‘makni kuchaytirish va sug‘urta xizmatlari qamrovini kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

📈 22–24-sentabr kunlari “Yangiariq” MFY Bog‘bon ko‘chasi hamda boshqa hududlarda xonadonma-xonadon amaliy sug‘urtalash ishlari olib borilib, 19 ta aholi imorati bo‘yicha sug‘urta shartnomalari rasmiylashtirildi. Har bir xonadon uchun sug‘urta summasi 50 mln so‘m, yillik sug‘urta mukofoti esa 200 ming so‘mni tashkil etdi.

📊 Shuningdek, aholi imoratlarini sug‘urtalash jarayoni bilan bir vaqtda fuqarolar o‘rtasida avtotransport vositalarini KASKO va OSAGO bo‘yicha sug‘urtalash yuzasidan ham targ‘ibot ishlari olib borildi. Amaldagi OSAGO polislarining amal qilish muddatlari alohida bazaga kiritilib, ularning muddati kelganda qayta sug‘urtalash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

🔖 Xizmat safari doirasida korxona va tashkilotlar bilan ishlashga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, OSGOR bo‘yicha 2 ta shartnoma rasmiylashtirildi, budjet tashkilotlarining OSGOR va OPO polislarini muddati kelganda “KAFIL-SUG‘URTA” AJ orqali qayta rasmiylashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, qurilish va GES obyektlari, ishchilarni baxtsiz hodisalardan hamda qurilish-montaj tavakkalchiliklaridan sug‘urtalash bo‘yicha ham hamkorlik masalalari kelishib olindi.

Mazkur amaliy ishlar natijasida aholi imoratlarini sug‘urtalash bo‘yicha aniq natijalarga erishilib, korxona va tashkilotlar bilan yangi hamkorlik yo‘nalishlari shakllantirildi. Bu esa hududlarda sug‘urta madaniyatini oshirish, aholini ishonchli moliyaviy himoya bilan qamrab olish va sug‘urta xizmatlarini har bir xonadonga yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing:

Aloqa

Savol va takliflaringiz paydo bo'lsa biz bilan bog'laning yoki ariza qoldiring