Ijtimoiy Targ'ibot
Press-Reliz
30.05.2025
“Yoshlar uchun yangi imkoniyat – sug‘urta agentlari tayyorlanadi”
2022-yil 6-aprel kuni “KAFIL-SUG‘URTA” AJ va Toshkent davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Unga ko‘ra, talaba-yoshlarni sug‘urta agenti sifatida tayyorlash, ularni ish bilan ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Ushbu tashabbus sug‘urta xizmatlarini ommalashtirish va marketing salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.