Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 25.09.2026

TA’LIM VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI — YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR!

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ tomonidan yoshlarni sug‘urta sohasi bilan yaqindan tanishtirish, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔘 Shu maqsadda “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari U. Djanturayev hamda Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i A. Sultonov boshchiligida Jizzax shahridagi Jizzax politexnika universiteti va Jizzax Sambhram universitetida talabalar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

🗣 Uchrashuvlar davomida talabalarga sug‘urta sohasining bugungi kundagi o‘rni, kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, sohada mavjud kasbiy imkoniyatlar, shuningdek, yosh mutaxassislar uchun ish, amaliyot va stajirovka yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

📊 Kompaniya vakillari tomonidan taqdimotlar o‘tkazilib, talabalarning soha bo‘yicha bilimlarini oshirish, nazariy bilimlarni real ish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish hamda ularni kelgusidagi mehnat faoliyatiga tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari bilan kelgusida talabalar amaliyotini tashkil etish, bitiruvchilar bandligini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli yoshlarni sug‘urta sohasiga jalb etish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

✅ Bunday uchrashuvlar yoshlarning kasbiy yo‘nalishini shakllantirish, ularni amaliy faoliyatga yaqinlashtirish va kelajakdagi mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ — yoshlar bilan birga, kelajak sari!

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing:

Aloqa

Savol va takliflaringiz paydo bo'lsa biz bilan bog'laning yoki ariza qoldiring