Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 24.09.2026

YOSHLAR BILAN MULOQOT — YANGI KASBIY IMKONIYATLAR SARI!

propaganda Banner

Joriy yilning 24-sentabr kuni “KAFIL-SUG‘URTA” AJning “KAFIL SARDOR” filiali menejeri A. Mamadaliyev hamda “SARBON” filiali menejeri B. Azizbekov tomonidan Vatan universitetiga tashrif amalga oshirilib, talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🎯 Uchrashuv davomida yoshlarga sug‘urta sohasidagi kasbiy imkoniyatlar, agentlik faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, mijozlar bilan ishlash jarayoni hamda amaliyot orqali tajriba orttirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalar bilan sug‘urta agenti sifatida faoliyat olib borish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilinib, mazkur yo‘nalishda ishlash istagini bildirgan 4 nafar talaba hamkorlikka jalb etildi.

Uchrashuv talabalar uchun sug‘urta sohasini yaqindan o‘rganish, nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash va mehnat faoliyatini talabalik davridayoq boshlash uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

😊 “KAFIL-SUG‘URTA” AJ yoshlarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularni sug‘urta sohasiga jalb etish hamda istiqbolli kadrlar bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarni izchil davom ettiradi.

Har ehtimolga qarshi!

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing:

Aloqa

Savol va takliflaringiz paydo bo'lsa biz bilan bog'laning yoki ariza qoldiring