SUG‘URTA SOHASIDAGI KASBIY IMKONIYATLAR — TALABALAR BILAN OCHIQ MULOQOTDA!
Yoshlarni zamonaviy mehnat bozori, sug‘urta sohasidagi kasblar hamda kompaniyalardagi real ish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish ularning kelgusidagi kasbiy yo‘lini ongli ravishda belgilashida muhim ahamiyat kasb etadi.
🔘 Joriy yilning 23-sentabr kuni “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari — Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori U. Djanturayev hamda Jamiyatning Sirdaryo viloyati filiali direktori Oybek Qutbiddinovich Sirdaryo viloyatidagi “ASMAN UNIVERSITY” hamda “University of Innovation Technologies”ga tashrif buyurib, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
Uchrashuvlar davomida sug‘urta sohasining bugungi rivojlanish yo‘nalishlari, kompaniya faoliyati, turli mutaxassisliklarga bo‘lgan ehtiyoj hamda yoshlar uchun yaratilayotgan amaliyot, stajirovka va kelgusidagi mehnat faoliyati imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
▪️ Talabalar soha vakillari bilan bevosita muloqot qilish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish, sug‘urta kompaniyasidagi ish jarayonlari va kasbiy talablar haqida kengroq tasavvur hosil qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, uchrashuvlarda yoshlarning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, amaliy tajriba orttirishi uchun sharoit yaratish hamda istiqbolli yosh mutaxassislarni sug‘urta sohasiga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔥 “KAFIL-SUG‘URTA” AJ yoshlarni sug‘urta sohasidagi real kasbiy imkoniyatlar bilan tanishtirish, ularning professional qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash va kelajak uchun malakali kadrlar salohiyatini shakllantirishga qaratilgan bunday uchrashuvlarni izchil davom ettirmoqda.