KASBIY BILIMLARNI OSHIRISH — DOIMIY RIVOJLANISH SARI!
“KAFIL-SUG‘URTA” AJda xodimlarning professional bilim va ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirish, sug‘urta sohasidagi zamonaviy yondashuvlar hamda xalqaro tajribani o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi.
🔘 Shu maqsadda joriy yilning 17-sentabr kuni sug‘urta va qayta sug‘urtalash sohasi mutaxassisi Georgiy Grishin “KAFIL-SUG‘URTA” AJga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Jamiyatimiz xodimlari uchun sug‘urta va qayta sug‘urtalash sohasidagi xalqaro tajriba hamda zamonaviy yondashuvlarga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida sug‘urta jarayonlarining muhim jihatlari, brokerlik faoliyati, qayta sug‘urtalash mexanizmlari, shuningdek, xalqaro sug‘urta bozorida qo‘llaniladigan amaliy yondashuvlar Georgiy Grishinning professional tajribasi asosida muhokama qilindi.
✅ Uchrashuv ishtirokchilarga sug‘urta va qayta sug‘urtalash jarayonlarini yanada chuqurroq anglash, mavjud bilimlarini mustahkamlash, xalqaro amaliyot bilan yaqindan tanishish hamda sohadagi professional ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini berdi.
🔻 Bunday uchrashuv va o‘quv mashg‘ulotlari xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, xalqaro tajribani o‘rganish, yangi bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish va zamonaviy yondashuvlarni o‘zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
😊 “KAFIL-SUG‘URTA” AJda bilim va tajriba almashish, shuningdek, xodimlarning doimiy professional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.