YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — KELAJAK MUTAXASSISLARI SARI YANA BIR QADAM!
“KAFIL-SUG‘URTA” AJda yoshlarni sug‘urta sohasi bilan yaqindan tanishtirish, ularning kasbiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi.
📍 Shu maqsadda joriy yilning 14-sentabr kuni “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Samarqand viloyati filiali tasarrufidagi Samarqand viloyati Anderrayting markazi direktori Jalilov Akmal Nasim o‘g‘li boshchiligida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida talabalarga sug‘urtaning zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni, sohadagi asosiy yo‘nalishlar, sug‘urta kompaniyalarining faoliyati hamda yosh mutaxassislar uchun mavjud kasbiy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
💬 Shuningdek, talabalar bilan erkin savol-javob shaklida muloqot tashkil etilib, ularni qiziqtirgan mavzular yuzasidan fikr almashildi. Sug‘urta sohasida professional rivojlanish, amaliy tajriba orttirish va kelgusida ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Bunday uchrashuvlar yoshlarning moliyaviy va sug‘urtaviy bilimlarini oshirish, ularni mehnat bozori talablari bilan yaqindan tanishtirish hamda ta’lim va biznes o‘rtasida mustahkam hamkorlikni shakllantirishga xizmat qiladi.
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ — bilimli va salohiyatli yoshlar bilan kelajak sari!