Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 14.09.2026

🤩 XALQARO TAJRIBA — YANGI BILIM VA YANGI IMKONIYATLAR SARI!

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA” AJda xodimlarning professional salohiyatini yuksaltirish, xalqaro tajribani o‘rganish va ilg‘or yondashuvlarni kompaniya faoliyatiga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratiladi.

🇯🇵 Shu maqsadda “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Saidkamol Saidakmalovich Ganiyev 2026-yilning 2–9-sentabr kunlari Yaponiyada FALIA — The Foundation for the Advancement of Life & Insurance Around the World tomonidan tashkil etilgan “Invitational Life Insurance Seminar” xalqaro seminarida ishtirok etdi.

📚 Dastur davomida sug‘urta sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, sotuv metodologiyasini takomillashtirish, savdo kanallarini diversifikatsiya qilish, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda mijozlar bilan samarali ishlash bo‘yicha xalqaro tajribalar o‘rganildi.

Shuningdek, turli mamlakatlardan tashrif buyurgan sug‘urta sohasi mutaxassislari bilan tajriba almashish, professional muloqotlarni kengaytirish va ilg‘or amaliyotlar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.

🏅 Saidkamol Ganiyev mazkur xalqaro seminarni muvaffaqiyatli yakunlab, FALIA tomonidan xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi.

Ushbu natija nafaqat xodimlarimizning kasbiy rivojlanishi, balki xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlarni “KAFIL-SUG‘URTA” AJ faoliyatiga tatbiq etish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamdir.

😊 “KAFIL-SUG‘URTA” AJ kelgusida ham xalqaro tajribani o‘rganish, innovatsion yechimlarni joriy etish va yuqori malakali mutaxassislar salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni izchil qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing:

Aloqa

Savol va takliflaringiz paydo bo'lsa biz bilan bog'laning yoki ariza qoldiring