Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 11.09.2026

🎓 KAFIL-SUG‘URTA VAKILLARI SOHA RIVOJIGA BAG‘ISHLANGAN TRENINGDA ISHTIROK ETDI

propaganda Banner

 

Joriy yilning 7–10-sentabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidaMijozga yo‘naltirilgan hamkorlik modellarini shakllantirish va inklyuziv sug‘urta sektorida distribyutsiya kanallarini optimallashtirish” mavzusida 4 kunlik trening tashkil etildi.

Mazkur treningda “KAFIL-SUG‘URTA” AJ nomidan Boshqaruv raisi o‘rinbosari – Sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish departamenti direktori Mo‘minov Farxad Azimovich hamda departament xodimi Egamberganov Muzaffar Rahmon o‘g‘li ishtirok etdilar.

Trening davomida sug‘urta bozorini rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari, mijozga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish tamoyillari, samarali hamkorlik modellarini shakllantirish, an’anaviy va raqamli distribyutsiya kanallarini takomillashtirish, mijozlar ehtiyojlarini o‘rganish hamda hamkorlarni baholash bo‘yicha amaliy bilim va tajribalar almashildi.

Shuningdek, mijoz yo‘lini tahlil qilish, aloqa nuqtalarini optimallashtirish, sug‘urta mahsulotlarining ommabopligini oshirish hamda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Trening yakunida ishtirokchilar o‘zlashtirgan bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlab, yakuniy muhokamalarda faol qatnashdilar. Dastur muvaffaqiyatli yakunlanib, Mo‘minov Farxad Azimovich va Egamberganov Muzaffar Rahmon o‘g‘li tegishli sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

📌 “KAFIL-SUG‘URTA” AJ mutaxassislarining bunday professional dasturlardagi ishtiroki zamonaviy sug‘urta yondashuvlarini amaliyotga tatbiq etish, xizmatlar sifatini oshirish va mijozlar uchun yanada qulay sug‘urta yechimlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing:

Aloqa

Savol va takliflaringiz paydo bo'lsa biz bilan bog'laning yoki ariza qoldiring