TA’LIM VA AMALIYOT — YOSHLAR KELAJAGI UCHUN MUHIM HAMKORLIK!
Joriy yilning 10-sentabr kuni “KAFIL-SUG‘URTA” AJ vakillari Toshkent menejment va iqtisodiyot institutiga tashrif buyurdilar.
🏫 Institutda yoshlarning zamonaviy bilim olishi, kasbiy salohiyatini rivojlantirishi va amaliy tajriba bilan tanishishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar alohida e’tiborga loyiq.
Uchrashuv davomida talabalarga sug‘urta sohasi, undagi zamonaviy imkoniyatlar hamda kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlar haqida ma’lumot berildi.
🤝 “KAFIL-SUG‘URTA” AJ ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.