LONDONDAGI XALQARO TA’LIM DASTURI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI!
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ xodimlarining Buyuk Britaniya poytaxti — London shahridagi xalqaro malaka oshirish dasturi yangi bilimlar, qimmatli tajriba va unutilmas taassurotlarga boy tarzda muvaffaqiyatli yakunlandi.
MBF Academy tomonidan 2026-yil 28-avgust – 4-sentabr kunlari tashkil etilgan “Sug‘urta boshqaruvida xalqaro ilg‘or amaliyot: Lloyd’s of London va Buyuk Britaniya sug‘urta bozoridan saboqlar” mavzusidagi dastur davomida xodimlarimiz:
▶️ Lloyd’s of London faoliyati va xalqaro sug‘urta bozorining ilg‘or tajribalarini o‘rgandilar;
▶️ zamonaviy sug‘urta boshqaruvi va mijozlar bilan ishlash bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘ldilar;
▶️ sohaning yetakchi mutaxassislari bilan tajriba almashdilar;
▶️ xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamladilar.
🤝 Safarning muhim voqealaridan biri — xodimlarimizning O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasiga tashrifi hamda elchi bilan uchrashuvi bo‘ldi.
📌 Dastur yakunida barcha ishtirokchilarga xalqaro malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlaganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar elchi tomonidan topshirildi. Shuningdek, xodimlarimizga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
😊 Londonda orttirilgan bilim va xalqaro tajriba “KAFIL-SUG‘URTA” faoliyatida yangi yondashuvlarni joriy etish, professional salohiyatni yanada yuksaltirish va yuqori natijalarga erishish sari muhim qadam bo‘ldi.