Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 02.09.2026

XALQARO TAJRIBA — STRATEGIK RIVOJLANISH SARI YANA BIR QADAM!

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Ganiyev Saidkamol Saidakmalovich Yaponiyada FALIA — Foundation for the Advancement of Life & Insurance Around the World tomonidan tashkil etilgan navbatdagi xalqaro seminarda ishtirok etmoqda.

📚 2026-yil 2–9-sentabr kunlari o‘tkazilayotgan “Life Insurance Sales” xalqaro dasturi sug‘urta sohasidagi rahbarlar va yetakchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda sug‘urta mahsulotlarini sotishning zamonaviy metodologiyalari, savdo kanallarini diversifikatsiya qilish, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish hamda mijozlar bilan ishlashning ilg‘or yondashuvlari o‘rganilmoqda.

🤝 Dastur doirasida turli mamlakatlarning sug‘urta sohasi vakillari bilan professional tajriba almashish, xalqaro amaliyotlarni o‘rganish, yangi biznes yondashuvlari va zamonaviy yechimlar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratilgan.

⚜️ Saidkamol Saidakmalovichning mazkur nufuzli xalqaro dasturdagi ishtiroki kompaniyamizda zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini takomillashtirish, sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish va ilg‘or xorijiy tajribani amaliyotga joriy etish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir.

😊 “KAFIL-SUG‘URTA” AJ xalqaro tajriba va zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, rahbar va mutaxassislar salohiyatini oshirish hamda jahon sug‘urta bozoridagi ilg‘or yechimlarni kompaniya faoliyatiga tatbiq etishga qaratilgan tashabbuslarni izchil davom ettiradi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing:

Aloqa

Savol va takliflaringiz paydo bo'lsa biz bilan bog'laning yoki ariza qoldiring