Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 14.07.2026

XALQARO HAMKORLIK – YANGI IMKONIYATLAR SARI!

propaganda Banner

Bugun "KAFIL-SUG‘URTA" AJ hamda MBF Academy Ltd (Buyuk Britaniya) o‘rtasida strategik hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlik natijasida Jamiyat xodimlari Londonda malaka oshirish, xalqaro ekspertlar ishtirokidagi ta'lim dasturlarida qatnashish hamda Buyuk Britaniyaning yetakchi sug‘urta va moliya institutlari tajribasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlar amalga oshiriladi:
• Londonda malaka oshirish va o‘quv tashriflari;
• xalqaro treninglar, seminarlar va konferensiyalar;
• sun'iy intellekt (AI), InsurTech va raqamli transformatsiya bo‘yicha zamonaviy bilimlarni o‘rganish;
• risk-menejment, korporativ boshqaruv hamda sug‘urta sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish;
• xalqaro ekspertlar bilan tajriba almashish va professional salohiyatni rivojlantirish.

Bugungi hamkorlik — ertangi xalqaro muvaffaqiyatlar uchun mustahkam poydevordir.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing:

Aloqa

Savol va takliflaringiz paydo bo'lsa biz bilan bog'laning yoki ariza qoldiring