Kelajak kadrlari bilan uchrashuv!
Yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ularning bandligini ta'minlash hamda sug‘urta bozori uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.
Ana shu ezgu maqsadlar yo‘lida Surxondaryo viloyatidagi Termiz davlat universitetida "Karyera kuni" mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda "KAFIL-SUG‘URTA" AJ Surxondaryo viloyati filiali direktori boshchiligidagi jamoa faol ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida kompaniya faoliyati, sug‘urta sohasidagi istiqbolli kasblar, amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, sug‘urta sohasiga qiziqish bildirgan faol va iqtidorli talabalar bilan yaqindan tanishilib, ularni kelgusida kompaniya safida faoliyat yuritishga jalb etish bo‘yicha dastlabki qadamlar qo‘yildi.
🤝 "KAFIL-SUG‘URTA" AJ yoshlar salohiyatiga ishonadi va ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash orqali mamlakatimiz sug‘urta bozorining ertangi kunini bugundan birgalikda barpo etmoqda.