📚 “KAFIL-SUG‘URTA” AJ va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ yoshlarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, malakali kadrlar tayyorlash hamda bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga qaratilgan hamkorlikni izchil davom ettirmoqda.
Shu maqsadda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida universitet va “KAFIL-SUG‘URTA” AJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Muhammadjon Chutpulatov hamda “KAFIL-SUG‘URTA” AJ vakillari tomonidan imzolandi.
Hamkorlik doirasida talabalar va bitiruvchilar uchun amaliyot hamda stajirovka dasturlarini tashkil etish, bo‘sh ish o‘rinlari haqida muntazam ma’lumot almashish, seminarlar, treninglar va forumlar o‘tkazish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda yosh mutaxassislarni mehnat bozoriga tayyorlash bo‘yicha qator tashabbuslar amalga oshiriladi.
Mazkur memorandum ta’lim va amaliyot uyg‘unligini mustahkamlash, yoshlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda ularni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos mutaxassis sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ kelajak avlodning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarda faol ishtirok etishda davom etadi. 🤝📖✨