📚 Karyera kuni – yoshlar va ish beruvchilar uchrashuvi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Karyera kuni” tadbirida “KAFIL-SUG‘URTA” AJ vakillari faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida kompaniyamiz nomidan Jamiyatning Malaka oshirish departamenti menejerining kichik assistenti Sh. Mamadaliyev talaba-yoshlar bilan uchrashib, sug‘urta sohasidagi mavjud imkoniyatlar, amaliyot dasturlari, kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari hamda kompaniyamiz faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Mazkur tadbir yosh mutaxassislarni mehnat bozoriga tayyorlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi.
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ bundan buyon ham oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yoshlarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliy tajriba va zamonaviy bilimlar bilan boyitishga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etishda davom etadi.