Yoshlar bilan muloqot va yangi imkoniyatlar sari
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida tashkil etilgan “Karyera kuni” tadbirida faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida universitet talabalari va bitiruvchilariga kompaniyamiz faoliyati, sug‘urta sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlar, amaliyot o‘tash hamda ishga joylashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi hamda kelajakdagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ yoshlarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, malakali kadrlarni tayyorlash va ularning mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.