Samarqandda talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
😊 “KAFIL-SUG‘URTA” AJ vakillari tomonidan Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Samarqand filialida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlar uchun e’lon qilingan “KAFIL-SUG‘URTA” granti haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilarga grantning maqsadi, ishtirok etish shartlari, baholash mezonlari hamda g‘oliblar uchun yaratiladigan imkoniyatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
▶️ Shuningdek, sug‘urta sohasining ahamiyati, ushbu yo‘nalishda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
😊 “KAFIL-SUG‘URTA” granti iqtidorli va intiluvchan talabalarni rag‘batlantirish, ularning kasbiy salohiyatini yuzaga chiqarish hamda sug‘urta sohasi bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.