Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 20.05.2026

TDIUda “KAFIL-SUG‘URTA” ishtirokida o‘quv uchrashuvi tashkil etildi

propaganda Banner

Joriy yilning 19-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida (TDIU) “KAFIL-SUG‘URTA” AJ vakillari ishtirokida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Unda Boshqaruv raisi o‘rinbosari – “Xodimlar bilan ishlash” departamenti direktori U.Djanturaev hamda “Malaka oshirish markazi” menejeri kichik assistenti Sh.Mamadaliyev tomonidan sug‘urta sohasi, kasbiy rivojlanish imkoniyatlari va amaliy faoliyat yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida e’lon qilingan “KAFIL Grant” tanlovining mazmun-mohiyati, ishtirok etish tartibi hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: