Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 18.05.2026

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ “KIUT Job Fair – 2026” mehnat yarmarkasida ishtirok etdi

propaganda Banner

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida tashkil etilgan “KIUT Job Fair – 2026” bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi va “Ochiq eshiklar kuni” doirasida “KAFIL-SUG‘URTA” AJ ham faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida kompaniya vakillari talabalar va bitiruvchilar bilan uchrashib, sug‘urta sohasidagi faoliyat yo‘nalishlari, amaliy tajriba hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, ishtirokchilar universitetda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, ilmiy yutuqlar va amaliy loyihalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Mazkur tadbir yoshlarning kasbiy yo‘nalishini belgilash, tajriba almashish hamda kelgusidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: