Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 29.04.2026

Mehnat yarmarkasida faol ishtirok

propaganda Banner

Toshkent amaliy fanlar universitetida talaba-yoshlarni bandlikka yo‘naltirish hamda ish beruvchilar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida mehnat yarmarkasining ikkinchi bosqichi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda KAFIL-SUG‘URTA kompaniyasi Malaka oshirish markazi vakillari ham faol ishtirok etib, bitiruvchilar bilan ochiq muloqotlar olib bordilar. Uchrashuvlar davomida yoshlarning kasbiy qiziqishlari, bo‘sh ish o‘rinlari hamda mehnat bozori talablari yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

Yarmarka bitiruvchi yoshlar uchun amaliy tajriba orttirish, o‘z salohiyatini namoyon etish va kelgusidagi faoliyat yo‘nalishini belgilashda muhim imkoniyat yaratdi. Tadbir yakunida faol ishtiroki uchun KAFIL-SUG‘URTA kompaniyasi Malaka oshirish markazi vakillari sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

✨ Bunday tashabbuslar yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va ularning kelajakdagi faoliyatiga munosib zamin yaratishga xizmat qiladi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: