Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 29.04.2026

Jamiyatimiz faoliyati ommaviy axborot vositalarida!

propaganda Banner

Jamiyatimiz vakili — “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Sirdaryo viloyati filiali “Sirdaryo” MTRKning “O‘zbekiston 2030” ko‘rsatuvida ishtirok etdi.

Dastur davomida jamiyatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan sug‘urta xizmatlarini ommalashtirish ishlari, shuningdek, sohani rivojlantirishga qo‘shayotgan hissamiz atroflicha yoritildi va yuqori baholandi.

Xususan, quyidagi muhim yo‘nalishlar alohida ta’kidlab o‘tildi:
➡️ Sug‘urta xizmatlarini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etishga qaratilgan amaliy ishlar;
➡️ Soha rivojiga qo‘shilayotgan hissa va ijobiy natijalar;
➡️ “Namunali filial oyligi” doirasida joriy etilgan 5 yulduzli baholash tizimi;
➡️ Yoshlarga, xususan talabalarga qaratilgan alohida e’tibor va qo‘llab-quvvatlash tashabbuslari.

Ushbu chiqish jamiyatimizning sug‘urta sohasini rivojlantirish, aholiga sifatli va zamonaviy xizmatlarni yetkazish, shuningdek, yoshlar bilan ishlashdagi faol yondashuvini yana bir bor namoyon etdi.

🔥 Jamiyatimiz bundan buyon ham ommaviy axborot vositalari orqali sug‘urta xizmatlari haqida keng jamoatchilikka ochiq, sodda va tushunarli ma’lumotlarni yetkazishda izchil faoliyat olib boradi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: