Ta’lim va amaliyot uyg‘unligi — sohada yetuk mutaxassislarni shakllantirishning muhim asosi
Bugungi kunda nazariy bilimlarni amaliy jarayonlar bilan uyg‘unlashtirish ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu maqsadda Jamiyatning “KAFIL-EXIM” filiali menejeri Jurayev A. tomonidan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetida maxsus o‘quv darsi tashkil etildi.
⚜️ Mashg‘ulot davomida talabalarga sohaga oid amaliy tajribalar, real keyslar hamda zamonaviy yondashuvlar asosida batafsil tushunchalar berildi.
➡️ nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish;
➡️ sohada qaror qabul qilish jarayonlarini tushuntirish;
➡️ talabalarda tahliliy fikrlash va mas’uliyatli yondashuvni shakllantirish.
🔥 Bunday uchrashuvlar yosh mutaxassislarni tayyorlashda muhim o‘rin tutib, ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni yanada mustahkamlaydi.