Amaliy bilim va real tajriba uyg‘unligi — malakali kadrlar tayyorlashning muhim omili
2026-yil 21-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Soliq va byudjet hisobi fakultetida “Sug‘urta ishi” yo‘nalishi SS-20 guruh talabalari uchun “Sug‘urta kompaniyasining anderrayting faoliyati” mavzusida master-klass tashkil etildi.
Mazkur tadbirda “KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyati Malaka oshirish markazi direktori M. Jalilov ishtirok etib, sug‘urta sohasining muhim yo‘nalishlaridan biri — anderrayting faoliyati bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berdi.
➡️ Anderrayting jarayonining mohiyati va sug‘urta risklarini baholash mezonlari batafsil yoritildi
➡️ Sug‘urta shartnomalarini tuzish bosqichlari va amaliy jihatlari misollar asosida tushuntirildi
➡️ Sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish tartibi va bu jarayondagi muhim omillar izohlandi
➡️ Talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga aniq va asosli javoblar berildi
Master-klass davomida nazariy bilimlar amaliy misollar bilan boyitilib, talabalar uchun sohaning real ish jarayonlari haqida aniq tasavvur shakllantirildi.
“KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyati ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yosh mutaxassislarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni izchil davom ettirib kelmoqda.