Ta’lim va amaliyot uyg‘unligi — kelajak kadrlar poydevori
Bugungi kunda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy tajriba ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois ta’lim muassasalari va biznes subyektlari o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda.
📍 Shu nuqtai nazardan, 2026-yil 20-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda “KAFIL-SUG‘URTA” AJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuv talabalarni amaliy faoliyatga jalb etish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy mehnat bozori talablariga mos mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida:
➡️ talabalar uchun amaliyot va stajirovka imkoniyatlari yaratiladi;
➡️ nazariy bilimlarni amaliy jarayonlar bilan uyg‘unlashtirish yo‘lga qo‘yiladi;
➡️ soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuv va tajriba almashuvlari tashkil etiladi;
➡️ istiqbolli yoshlarni kompaniya faoliyatiga jalb etish imkoniyatlari kengaytiriladi.
Ushbu memorandum yoshlarning kasbiy rivojlanishiga xizmat qilish bilan birga, ularni real ish muhitiga tayyorlash va barqaror karyera yo‘lini shakllantirishga zamin yaratadi.
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ uchun bunday hamkorliklar — bilim va amaliyot uyg‘unligiga asoslangan, izchil rivojlanishga xizmat qiluvchi muhim yo‘nalishdir.