Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 17.04.2026

Jamiyatimiz faoliyati ommaviy axborot vositalarida

propaganda Banner

Jamiyatimiz vakili — “KAFIL-SUG‘URTA” AJ “Malaka oshirish” markazi direktori M. Jalilov “Sevimli FM” radiosining “Nuqta qo‘yamiz” eshittirishida ishtirok etdi.

Dastur davomida umumiy sug‘urta sohasiga oid dolzarb masalalar muhokama qilinib, radio tinglovchilaridan kelib tushgan savollarga batafsil javoblar berildi.

➡️ Umumiy sug‘urtaning ahamiyati va aholi hayotidagi o‘rni;
➡️ Sug‘urta xizmatlaridan foydalanishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar;
➡️ Tinglovchilar savollari asosida amaliy tushuntirishlar va maslahatlar.

Ushbu ishtirok jamiyatimiz tomonidan aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, sug‘urta sohasiga oid bilim va tushunchalarni kengaytirishga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

🥰 Jamiyatimiz bunday eshittirishlar orqali sug‘urta xizmatlari haqida sodda va tushunarli ma’lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazishda izchil faoliyat olib boradi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: