Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 15.04.2026

Ta’lim va amaliyot uyg‘unligi — yangi bosqichdagi hamkorlik

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ universitetlar bilan amaliy aloqalarni kengaytirish borasida navbatdagi muhim qadamni amalga oshirdi.

Joriy yilning 15-aprel kuni jamiyat Boshqaruv raisi boshchiligida Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurildi. Uchrashuv davomida universitet rahbariyati bilan mazmunli muzokaralar olib borilib, o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum doirasida:
- talabalar uchun amaliyot va stajirovka imkoniyatlari kengaytiriladi;
- soha mutaxassislari ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etiladi;
- nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar amalga oshiriladi;
- iqtidorli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi.

🔥 Ushbu hamkorlik ta’lim jarayonini amaliyot bilan bog‘lash, shuningdek, kelajak mutaxassislarining salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: