Jamiyatimiz faoliyati ommaviy axborot vositalarida
Jamiyatimiz vakili — “KAFIL-SUG‘URTA” AJ “Malaka oshirish” markazi direktori M. Jalilov “Yoshlar” telekanalining “Rostini aytding” dasturida ishtirok etdi.
Dastur davomida “Aholi orasida sug‘urta savodxonligini oshirish va sug‘urta madaniyatini rivojlantirish” mavzusi atroflicha muhokama qilindi.
▶️ Sug‘urta savodxonligini oshirishning ahamiyati va dolzarbligi;
▶️ Aholida sug‘urta madaniyatini shakllantirish omillari;
▶️ Amaliy yondashuvlar va hayotiy misollar orqali tushuntirishlar.
Ushbu ishtirok jamiyatimiz tomonidan aholi o‘rtasida sug‘urtaga oid bilim va tushunchalarni kengaytirish, shuningdek, ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan sa’y-harakatlarning yana bir ifodasi bo‘ldi.
😊 Jamiyatimiz bunday chiqishlar orqali sug‘urta xizmatlari haqida sodda va tushunarli ma’lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazishda izchil faoliyat olib boradi.