Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 14.04.2026

Ta’lim va amaliyot uyg‘unligi — sohada sifatli kadrlar tayyorlashning muhim omili

propaganda Banner

Bugungi kunda nazariy bilimlarni amaliy jarayonlar bilan uyg‘unlashtirish ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu maqsadda Jamiyatning Moliyaviy tahlil departamenti direktori A. Usmanov tomonidan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetida maxsus o‘quv darsi tashkil etildi.

Mazkur mashg‘ulot doirasida talabalarga moliyaviy tahlilning mazmuni, uning amaliy ahamiyati hamda zamonaviy yondashuvlar yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi. Dars davomida real misollar asosida tahlil jarayonlari ko‘rib chiqilib, sohada talab etiladigan muhim ko‘nikmalarga alohida e’tibor qaratildi.

➡️ nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan bog‘lash
➡️ moliyaviy tahlilning qaror qabul qilishdagi ahamiyatini yoritish
➡️ talabalarda tahliliy fikrlash va mas’uliyatli yondashuvni shakllantirish

Ushbu dars orqali talabalar o‘z bilimlarini mustahkamlash bilan birga, kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan amaliy tushunchalarga ega bo‘lishdi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: