Ijtimoiy Targ'ibot
Press-Reliz
14.04.2026
Jamiyatimiz faoliyati ommaviy axborot vositalarida
Jamiyatimiz Boshqaruv raisi F. Artikov O‘zbekiston telekanali orqali efirga uzatilgan “Munosabat” ko‘rsatuvida ishtirok etdi.
Dastur davomida “Aholi orasida ixtiyoriy sug‘urtani ommalashtirish” mavzusi yuzasidan muhim fikrlar bildirildi.
➡️ Ixtiyoriy sug‘urtaning ahamiyati va uning imkoniyatlari
➡️ Aholi orasida sug‘urta madaniyatini shakllantirish masalalari
➡️ Amaliy yondashuvlar va real misollar
Mazkur chiqish orqali jamiyatimiz tomonidan olib borilayotgan tushuntirish ishlari va ochiq muloqotga berilayotgan e’tibor yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Jamiyatimiz bu kabi chiqishlar orqali sug‘urta xizmatlari haqida aniq va tushunarli ma’lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazishda davom etadi.