Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 13.04.2026

“Namunali filial oyligi” — amaliy tashabbuslar va yangi aloqalar

propaganda Banner

Jamiyatimizda o‘tkazilayotgan “Namunali filial oyligi” dasturi doirasida hududlarda maqsadli ishlar izchil tashkil etilmoqda.

Boshqaruv raisi o‘rinbosari – “Sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish” departamenti direktori F. Azimovich, “Malaka oshirish” markazi direktori M. Burxanovich hamda Sirdaryo viloyati filiali direktori O. Kutbiddinovich tomonidan Guliston davlat universitetida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Suhbat davomida sug‘urta sohasining amaliy ahamiyati, bugungi kundagi o‘rni va kelgusidagi imkoniyatlari haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi, Sirdaryo viloyati Xalq banki boshqarmasi, “Oq oltin don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati, “Xovos don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati hamda Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasi kabi tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar jarayonida sug‘urta xizmatlarini joriy etish, tashkilotlar ehtiyojlariga mos yechimlar ishlab chiqish hamda uzoq muddatli hamkorlikni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tashriflar natijasida yangi aloqalar o‘rnatilib, hududiy darajadagi ishlarni tizimli tashkil etish uchun muhim asos yaratildi.

Ushbu ishlar sug‘urta xizmatlarini hududlarda keng joriy etish, tashkilotlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish va amaliy natijalarni oshirishga xizmat qilmoqda.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: