Ijtimoiy Targ'ibot
Press-Reliz
13.04.2026
Yoshlar ongida sug‘urta madaniyatini shakllantirish — ustuvor yo‘nalish
Boshqaruv raisi o‘rinbosari – Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori Djanturaev Umid Muxammadyusupovich hamda Surxondaryo viloyati filiali direktori Mamathakimov Xurshid Urolovich tomonidan Termiz davlat universitetiga tashrif amalga oshirildi.
Talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, sug‘urta sohasining ahamiyati, amaliyotdagi o‘rni hamda bugungi kundagi dolzarb jihatlari haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, sug‘urta madaniyatini oshirish va moliyaviy savodxonlikni kengaytirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv talabalar orasida sohaga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularning kelgusidagi kasbiy yo‘nalishini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.