Ijtimoiy Targ'ibot
Press-Reliz
13.04.2026
Yoshlar uchun imkoniyatlar maydoni
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida karyera kuni bo‘lib o‘tdi. Unda “KAFIL-SUG‘URTA” AJ vakillari ishtirok etib, talabalar bilan muloqot qildi.
Jamiyatning Malaka oshirish markazi menejer kichik assistenti Sh. Shuxratovich tomonidan talabalar uchun o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Unda sug‘urta sohasining amaliy jihatlari va ish jarayonlari haqida tushuntirishlar berildi.
— Kompaniya faoliyati haqida ma’lumot berildi;
— Amaliyot va ish boshlash imkoniyatlari tushuntirildi;
— Zarur ko‘nikmalar bo‘yicha fikr almashildi.
Mazkur tadbir talabalar uchun kasbiy yo‘nalishni aniqlash va amaliy bilimlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.