Jamiyatimiz faoliyati ommaviy axborot vositalarida izchil yoritilmoqda
“KAFIL-SUG‘URTA” AJda ochiqlik va jamoatchilik bilan samarali muloqotni ta’minlash maqsadida ommaviy axborot vositalarida chiqishlar muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.
Jumladan, jamiyatimizning Moliyaviy tahlil departamenti direktori A. Usmonov tomonidan “Sevimli” telekanaliga tashrif buyurilib, “Yangi hayot” dasturida ishtirok etildi.
Ko‘rsatuv davomida:
➡️ “Sug‘urta — majburiy hujjatmi?” mavzusi muhokama qilindi
➡️ Sug‘urtaning ahamiyati va amaldagi tartiblar yuzasidan aniq tushuntirishlar berildi
➡️ Tomoshabinlar uchun dolzarb bo‘lgan savollarga javoblar taqdim etildi
📌 Mazkur chiqish — aholi o‘rtasida sug‘urta madaniyatini shakllantirish va moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.
Jamiyatimiz bu kabi axborot chiqishlari orqali keng jamoatchilikka muhim va ishonchli ma’lumotlarni yetkazishda davom etadi.