Sug‘urta madaniyatini keng omma orasida shakllantirish va moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🔸 Jamiyatimizning Nurafshon filiali vakillari Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurib, uchrashuv o‘tkazdilar.
🔸 Uchrashuv davomida tibbiyot muassasasi xodimlariga baxtsiz hodisalardan kompleks sug‘urta qilish bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, sug‘urtaning mazmuni, ahamiyati va amaliy jihatlari batafsil tushuntirildi.
🔸 Shuningdek, ishtirokchilarga sug‘urta shartlarini to‘g‘ri baholash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ehtimoliy holatlarda kompensatsiya olish tartiblari yuzasidan zarur ma’lumotlar taqdim etildi.
😊 Bunday uchrashuvlar aholi va tashkilot xodimlarining sug‘urtaga bo‘lgan yondashuvini yanada ongli shakllantirish, shuningdek, moliyaviy xavflarni boshqarish bo‘yicha tushunchalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.