“KAFIL-SUG‘URTA” AJ va JIDU o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
“KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) uchrashuv tashkil etildi. Tadbir doirasida “KAFIL-SUG‘URTA” AJ hamda JIDU o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum:
➡️ sug‘urta sohasi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirish
➡️ talabalar uchun amaliyot o‘tash va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish
➡️ malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish
masalalarini qamrab oladi.
Shuningdek, “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari va HR direktori Umid Muxammadyusupovich Janturaev tomonidan talabalarga trening-sessiya o‘tkazildi. Unda sug‘urta bozorining zamonaviy tendensiyalari, amaliy faoliyat jarayonlari hamda sohada zarur kompetensiyalar haqida ma’lumot berildi.
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni izchil rivojlantirib, soha uchun salohiyatli kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratadi.