Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 25.02.2026

Amaliy bilim — kuchli sug‘urta tizimining asosi

propaganda Banner

Bugungi kunda sug‘urta sohasi nafaqat moliyaviy barqarorlik, balki puxta tahlil, aniq hisob-kitob va strategik yondashuvni talab etadi. Bunday muhitda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalasi ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda “KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyati hamda Toshkent davlat texnika universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlik kompaniyaning kadrlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yosh mutaxassislarni real ish jarayonlari bilan erta bosqichdan tanishtirish hamda sug‘urta amaliyotini ilmiy yondashuv bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan.

Memorandum doirasida:
➡️ talabalar uchun kompaniya tizimida amaliyot o‘tash imkoniyatlari yaratiladi;
➡️ sug‘urta bozori, risklarni boshqarish va zararlarni tartibga solish jarayonlari bo‘yicha amaliy seminarlar tashkil etiladi;
➡️ ilmiy izlanishlar va amaliy tajriba integratsiyasi yo‘lga qo‘yiladi;
➡️ iqtidorli bitiruvchilarni ishga jalb etish mexanizmi shakllantiriladi;
➡️ dual ta’lim elementlari asosida kasbiy ko‘nikmalar rivojlantiriladi.

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ uchun ushbu kelishuv — bu shunchaki hamkorlik emas, balki sug‘urta tizimining kelajagini shakllantirishga qaratilgan mas’uliyatli yondashuvdir.

Kompaniya bundan buyon ham ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash orqali soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: