Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 19.02.2026

Sug‘urta sohasidagi bilimlar — kasbiy faoliyatning muhim yo‘nalishi

propaganda Banner

Bugungi kunda sug‘urta tizimi iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash, moliyaviy tavakkalchiliklarni samarali boshqarish hamda turli sohalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni tartibga solishda muhim o‘rin tutadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida akademiya kursantlari uchun “Sug‘urta va uning ichki ishlar organlari faoliyatida tutgan o‘rni hamda ahamiyati” mavzusida ma’ruza mashg‘ulotlari tashkil etildi.

🟠 Mashg‘ulotlar davomida sug‘urtaning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati, tavakkalchiliklarni boshqarish mexanizmlari, majburiy sug‘urta turlarining huquqiy asoslari hamda sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish tartibi batafsil yoritildi.

🔹 Shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyatida sug‘urtaning amaliy jihatlari, xizmat jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda moliyaviy kafolatlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’ruza mashg‘ulotlarida:
🔻 Malaka oshirish departamenti direktori M. Jalilov
🔻 “Sug‘urta to‘lovlari” departamenti menejeri N. Mahkamova
🔻 “Kafil-Exim” filiali menejeri A. Jo‘rayev
🔻 “Kafil-Sardor” filiali menejeri A. Mamadaliyev

ishtirok etib, mavzularni amaliy misollar va tajriba asosida tushuntirdilar. Kursantlar tomonidan berilgan savollarga batafsil va asosli javoblar taqdim etildi.

Mazkur tadbir sug‘urta sohasi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash, iqtisodiy ongni yuksaltirish hamda kelgusi kasbiy faoliyatda zarur bo‘ladigan amaliy tushunchalarni shakllantirishga xizmat qildi. Bunday ma’rifiy uchrashuvlar izchil davom ettiriladi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: