Ta’lim va amaliyot hamkorligi mustahkamlanmoqda
Yoshlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ularni amaliy faoliyatga tayyorlash hamda mehnat bozori talablariga mos mutaxassislar yetishtirish bugungi kunda dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
🔻 Shu maqsadda “KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
🔹 Mazkur memorandum ta’lim jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda sug‘urta sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida:
➡️ talabalar uchun ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish;
➡️ sohaviy mutaxassislar ishtirokida uchrashuv va ochiq muloqotlar o‘tkazish;
➡️ iqtidorli bitiruvchilarni kompaniya faoliyatiga jalb etish;
➡️ amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va kasbiy tayyorgarlikni oshirish nazarda tutilgan.
Ushbu kelishuv ta’lim muassasasi va ish beruvchi o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish, yoshlarning bandligini ta’minlash hamda sug‘urta sohasi uchun barqaror kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi.
😊 “KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasi ta’lim muassasalari bilan amaliy hamkorlikni izchil davom ettirib, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratadi.