Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 11.02.2026

KAFIL-SUG‘URTA AJ — global hamkorlik imkoniyatlari muhokamasi

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA” AJda Turkiyaning xalqaro assistans xizmatlarini ko‘rsatuvchi SAFE ASSISTANCE kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tashrif davomida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va mijozlarga taqdim etiladigan servis sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

SAFE ASSISTANCE ilg‘or texnologiyalar hamda yechimga yo‘naltirilgan mutaxassislar jamoasi asosida faoliyat yuritadi. Kompaniya global xizmat ko‘rsatish tarmog‘i, tezkorlik va yuqori servis standartlari bilan ajralib turadi.

Uchrashuv davomida sug‘urta va assistans xizmatlarini samarali integratsiya qilish, xalqaro tajribani joriy etish hamda mijozlar uchun qulay va ishonchli yechimlar yaratish bo‘yicha fikr almashildi.

🤝 Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: