Navoiy viloyati filiali — sug‘urta madaniyatini oshirish yo‘lida
“KAFIL-SUG‘URTA” AJning Navoiy viloyati filiali tomonidan yanvar oyi davomida aholi o‘rtasida sug‘urta madaniyati va moliyaviy savodxonlikni yuksaltirishga qaratilgan keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Tadbirlar doirasida:
➡️ umumta’lim maktablarida o‘quvchi-yoshlar bilan tushuntirish suhbatlari o‘tkazildi;
➡️ oliy ta’lim muassasalarida talabalar uchun ochiq muloqot va taqdimotlar tashkil etildi;
➡️ majburiy va ixtiyoriy sug‘urta turlari, tovon to‘lash tartibi hamda amaldagi qonunchilik talablari bo‘yicha izohlar taqdim etildi.
Uchrashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan muloqotlar alohida ahamiyat kasb etdi.
Navoiy viloyati filiali tomonidan olib borilayotgan mazkur ishlar hududda sug‘urta xizmatlari bo‘yicha aholining huquqiy xabardorligini oshirishga xizmat qilmoqda.