Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 11.02.2026

KAFIL-SUG‘URTA AJ — talabalar bilan ochiq muloqot

propaganda Banner

KAFIL-SUG‘URTA AJ Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi — sug‘urta sohasining ahamiyati haqida tushuncha berish, mazkur yo‘nalishdagi imkoniyatlar bilan tanishtirish hamda yosh kadrlar bilan ochiq muloqot o‘rnatishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida talabalar sug‘urta tizimining bugungi kundagi o‘rni va amaliyotdagi ahamiyati haqida ma’lumot oldilar. Uchrashuv savol-javoblarga boy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi.

Seminarda KAFIL-SUG‘URTA AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari — “Xodimlar bilan ishlash” departamenti direktori U. Djanturaev, “Malaka oshirish” markazi menejeri Sh. Mamadaliev hamda “Kafil himoya” filiali direktori X. Ravshanmirzaev ishtirok etdilar.

Uchrashuv yakunida qiziqish bildirgan talabalar bilan kelgusida sug‘urta sohasida faoliyat olib borish masalalari muhokama qilindi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: