Sug‘urta xizmatlarini raqamlashtirishga qaratilgan yangi yechim
Joriy yilning 6-fevral kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Biznesni rivojlantirish banki ATB tomonidan “BRB sug‘urta” raqamli platformasining rasmiy taqdimoti tashkil etildi.
Tadbirda bank rahbariyati, sug‘urta sohasi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi. Platforma sug‘urta xizmatlarini raqamli muhitda taqdim etish, jarayonlarni optimallashtirish va mijozlar uchun qulay imkoniyatlar yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Mazkur taqdimotda KAFIL-SUG‘URTA AJ vakillari ham qatnashdi. Jumladan, Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Ganiyev Saidkamol Saidakmalovich, Boshqaruv raisi o‘rinbosari — Sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish departamenti direktori Mo‘minov Farxad Azimovich, shuningdek menejer yordamchisi Egamberganov Muzaffar tadbir jarayonida faol ishtirok etdi.
Tadbir doirasida raqamli sug‘urta xizmatlarini kengaytirish, bank va sug‘urta tizimi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda kelgusidagi istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.