Karyera kuni: mehnat yarmarkasi doirasida kasbiy yo‘nalish va imkoniyatlar
Mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash, yoshlarni kasbiy yo‘naltirish hamda amaliy bilimlarini mustahkamlash maqsadida INHA University in Tashkent’da mehnat yarmarkasi doirasida tashkil etilgan “Karyera kuni” tadbiriga “KAFIL-SUG‘URTA” AJning Malaka oshirish hamda xodimlar bilan ishlash departamenti vakillari tashrif buyurdi.
Tadbir davomida talabalar va yoshlar bilan ochiq muloqot olib borilib, sug‘urta sohasidagi amaliy faoliyat, Jamiyatdagi ish jarayonlari hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi. Qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
➡️ Jamiyat faoliyati va asosiy ish yo‘nalishlari tanishtirildi;
➡️ Amaliy tajriba va ishga joylashish imkoniyatlari yoritildi;
➡️ Yoshlar uchun mehnat bozoridagi zamonaviy talablar tushuntirildi.
Mazkur “Karyera kuni” tadbiri yoshlarning kasbiy yo‘nalishini aniqlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelgusidagi mehnat faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etdi.