Ijtimoiy Targ'ibot
Press-Reliz
03.02.2026
Karyera kuni: sug‘urta sohasida faoliyat va rivojlanish imkoniyatlari
Kadrlar tayyorlashda nazariya va amaliyot uyg‘unligi muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda “KAFIL-SUG‘URTA” AJ vakillari Toshkent Xalqaro Westminster Universitetida tashkil etilgan Karyera kuni tadbirida ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalar bilan mazmunli muloqot olib borilib, sug‘urta sohasidagi amaliy faoliyat, kompaniyadagi ish jarayonlari hamda karyera rivoji imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
➡️ Kompaniya faoliyati va asosiy ish yo‘nalishlari tanishtirildi
➡️ Amaliy tajriba va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari yoritildi
➡️ Yoshlar uchun mehnat bozoridagi talablar tushuntirildi