Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 03.02.2026

Bilim va intilish — yuksak yutuqlar garovi!

propaganda Banner

🏆 «KAFIL-SUG‘URTA» AJ jamoasida faoliyat yuritayotgan Jamiyatning «Investitsiya va korporativ aloqalar» departamenti menejer kichik assistenti Jabborova Sevinch Xusanovna joriy o‘quv yilida yurtimizdagi eng nufuzli davlat stipendiyalaridan biri — Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi hamda magistratura bosqichiga davlat granti asosida qabul qilindi.

✔️ Mazkur yutuq Sevinch Xusanovnaning izchil mehnati, yuqori akademik tayyorgarligi hamda iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abdusalomova Nodira Baxodirovna rahbarligida olib borilgan ilmiy izlanishlar samarasi bo‘lib, u orqali u nafaqat Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, balki «KAFIL-SUG‘URTA» AJ nufuzini ham munosib tarzda yuksaltirdi.

Ushbu natija jamiyatimizda bilimli, tashabbuskor va maqsadga intiluvchan kadrlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganining yana bir yorqin ifodasidir.

👍 Jamiyatimiz rahbariyati va jamoasi nomidan Sevinch Jabborovani ushbu muhim yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusida yanada yuksak natijalar tilaymiz!

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: