Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 30.01.2026

Sug‘urta madaniyatini shakllantirish — jamiyat barqarorligining muhim omillaridan biri

propaganda Banner

Aholi o‘rtasida sug‘urtaga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish, sug‘urta xizmatlarining ahamiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish hamda ushbu sohada xabardorlikni oshirish maqsadida Xorazm viloyati Xiva shahar Bolalar-o‘smirlar sport maktabi davlat muassasasi, Xorazm viloyati Xiva shahar Tibbiyot texnikumi davlat muassasasi hamda Urganch shahar “Vatanparvar” tashkiloti davlat muassasasida sohaga oid uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlarda “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Xorazm viloyati filiali jamoasi vakillari ishtirok etib, sug‘urta madaniyatini shakllantirish, sug‘urta xizmatlarining jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ularni ommaga to‘g‘ri va aniq yoritish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etdilar.

➡️ Tadbirlar davomida:

  • sug‘urtaning moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati

  • turli hayotiy holatlarda sug‘urtaning amaliy qo‘llanilishi

  • aholining sug‘urtaga oid xabardorligini oshirish

kabi muhim yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur uchrashuvlar aholida sug‘urtaga nisbatan ongli munosabatni mustahkamlash hamda sug‘urta madaniyatini bosqichma-bosqich rivojlantirishga xizmat qiladi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: