KAFIL-SUG‘URTA AJ navbatdagi oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Bugun KAFIL-SUG‘URTA AJ hamda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.
Mazkur hujjat ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalarida o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, akademik bilimlar va amaliy tajribani uyg‘unlashtirish orqali zamonaviy yondashuvlarni joriy etishni nazarda tutadi.
Hamkorlik doirasida talabalar va bitiruvchilar uchun amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash hamda kompaniya uchun salohiyatli kadrlar zaxirasini shakllantirish rejalashtirilgan.
Imzolangan memorandum kelgusida malakali mutaxassislar tayyorlash va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda samarali hamkorlik platformasi bo‘lib xizmat qiladi.
KAFIL-SUG‘URTA AJ oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kadrlar salohiyatini oshirish va kompaniyaning barqaror rivojini ta’minlashda muhim yo‘nalish sifatida baholaydi.