YANGI XALQARO YUTUQ
Kompaniyamizning “Buxgalteriya hisobi” departamenti buxgalter yordamchisi Erkinjonov Diyorbek Mahmudjon o‘g‘li ACCA (Association of Chartered Certified Accountants) xalqaro malaka tizimining F9 — Financial Management (Moliyaviy boshqaruv) imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, navbatdagi sertifikatni qo‘lga kiritdi.
F9 yo‘nalishi moliyaviy qarorlar qabul qilish, investitsiyalarni baholash, risklarni boshqarish hamda kompaniya moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarni qamrab oladi. Ushbu natija Diyorbekning kasbiy salohiyati izchil ravishda rivojlanib borayotganini yaqqol ko‘rsatadi.
Diyorbek Mahmudjon o‘g‘li o‘z faoliyati davomida xalqaro standartlarga asoslangan bilimlarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirib, moliya va buxgalteriya sohasidagi nazariy hamda amaliy tayyorgarligini muntazam ravishda mustahkamlab kelmoqda. Bu esa kompaniyamizda ish jarayonlarini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
“KAFIL-SUG‘URTA” jamoasi nomidan Erkinjonov Diyorbek Mahmudjon o‘g‘lini ushbu xalqaro yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatida barqaror natijalar tilaymiz.
Shuningdek, Diyorbek Mahmudjon o‘g‘li mazkur natija bilan ACCA’ning F bosqichiga kiruvchi barcha 9 ta yo‘nalish (F1–F9) bo‘yicha sertifikatlarni to‘liq qo‘lga kiritganini alohida ta’kidlash joiz.